Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Barchasi Pullik Bepul

MCHJ rahbari bo'lanligi sababli yoshga doir pensiya miqdori kamaytirilishi mumkinmi?

Men shu yil boshida tadbirkorlik xizmati bilan shig'ullanish uchun MCHJ tashkil qildim. Uning bosh direktori etib onamni tayinladik. Onam hozirda pensiyada(nafaqada). 3-4 kun avval tuman pensiya fondi (РАЙСОБЕС)dan qo'ng'iroq qilib, direktor etib tayinlanganliklari haqidagi bayonnomaning nusxasini so'rashibdi. Bu bilan pensiyalarining qaysidir qismi qirqiladimi, yo'qmi? (ya'ni nafaqa miqdori kamayadimi?)

Oct 26, 2017 savol №76 Ali , г.


Kategoriya: Налоговое право 1

Chet el universiteti diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?

Hozirda Moskvada Sinergiya universitetida 1 kurs talabasiman. Sirtqi ta'lim olaman. Fakultetim -umumiy menejment. Kollej tugatganman.Men o'qiyotgan institutni bitirgach diplomimni Ozbekistonga davlat ishlariga qabul qilishadimi?Mehmonxonalarga yoki boshqa tashkilotlargachi? Tadbirkorlik bilan shug'ullanishim mumkin bo'ladimi?

Oct 24, 2017 savol №74 Kattaboy , г.


Kategoriya: Конституционное право 2

Qo'shni tomonidan buzilgan devor haqqini undirish mumkinmi?

2012йили уйимни кайта тамирладим ва кушним бн орамизга гиштдан 18 метрли забор курдим кушним бн ерни келишиб белгилаган холда. 2015 йили кушним уйини бузиб янгидан икки кават уй курди. Уйининг мен тарафи яни заборга карагани заборга якинрок курилгани боис проходи торрок булиб колди. Якинда кушним менинг проходим тор булиб колди деб заборни бузасан деди мен рад етдим. Кушним эса мен тарафга заборинг утиб кетган деб хечкаердан карор ё буйрук куррсатмасдан заборни мардикор олиб келиб бузиб ташлади. Мен майли керак ерини олсин янги забор куриб берса буулди деб каршилик килмадим. Хатто узим пул чикариб курган заборимнан чиккан гишт ва бетонларини хам олмадим. Кушним эса индамасдан уларни сотиб юборди. Орадан 2 кун утиб кушнимга янги забор курмайсизми десам ёк курмайман сени заборинг мен тарафга утиб кетган эди дейди. Энди мана 15 кундан бери заборсиз куча тараф очик турибди. Менинг эса забор хам ёк ундан чиккан материаллар хам ёк. Нима килай билмайман. Агар забор курмаса чиккан материалларини кайта ишлатиб забор тиклар эдим. Маслахат беринг илтимос

Oct 11, 2017 savol №73 Roman , г.


Kategoriya: Недвижимость 1

Амнистияга умид килсам буладими?

Мен 2016 йил УзРЖКнинг 228-моддаси билан бир йилнинг узида икки марта судландим. Хозирда ойлик иш хакимни 30% микдорини тулаб ахлок тузатиш ишларига жалб килиндим. Мен 2017 йил декабр ойида чикадиган амнистияга умид килсам буладими? Олдиндан РАХМАТ.

Oct 10, 2017 savol №72 Жиянов Абдимумин Тураевич , г.


Kategoriya: Уголовное право 1

Qanday qilib ishga tiklash mumkin?

Men tushlikdan so'ng ishga qaytganimdanda soat 14-00 larda boshqarma kadrlar bo'limidagilar ichki mehnat tartibi qoidalarini tekshirish maqsadida bizlarni spirtli ichimlik istemol qilganlikda gumon qilib korxona feldsheri bilan rapoport sinamasi tekshiruvidan o'tkazishdi. Men spirtli ichimlik istemol qilmaganman, tushlik vaqtida somsaga uksus qo'shib yeganman. Men naychaga puflaganimda suyuqlik rangi biroz turib ozgina o'zgardi. Shunda korxona feldsheri menga og'zidan alkagol hidi kelmaydi, umumiy ahvoli yaxshi musbat(polojitelni) degan hulosani berdi. Kadrlar bo'limidagilar ichgansan deyishdi men yo'q meni tuman narkalogiya bo'limidan to'liq narkalogik tekshiruvdan o'tkazishini so'radim. Ular rozi bo'lishmadi hechqisi yo'q ish haqingdan 50% jarima qilamiz deyishdi. Kecha ichganman deb yozib ber deyishdi Men tushuntirish xatini kecha ichgan edim deb yozib berdim. Ular ketishdi shunda bo'lim boshlig'imiz ichgansan agarda musbat chiqmasdi dedi, shunda qayta tekshiruvdan o'taylik dedim keyin biz birgalikda ish vaqti 17-00 da tugagandan keyin tuman narkalogiya bo'limidan tekshiruvdan o'tdik. Tuman vrachi mastlikning hech qanday klinik belgilari yo'q degan hulosani berdi. Shundan keyin boshqarmamizdagilar meni birinchi feldsher hulosasi bo'yicha Mehnat Kodeksining 100-moddasi ichki mehnat tartibi qoidalarini bir marta qo'pol ravishda buzish bilan ishdan bo'shatishdi. Tuman narkalogiya bo'limining hulosasini etiborga olishmadi 2 ta hulosaning o'rtasidagi vaqt 4-soat ekan. Korxona ichki mehnat tartibi qoidalari bo'yicha spirtli ichimlik istemol qilib ishga kelish ichki mehnat tartibi qoidalarini bir marta qo'pol ravishda buzishga kiritilgan. Bunga asos tibbiy hulosa yoki guvohlar ko'rsatmasi. Menga qarshi guvohlar ko'rsatmasi yo'q. Rapoprt sinamasida og'izdagi havoda alkagol bo'lsagina musbat natija bo'ladimi yoki boshqa moddalarga ham musbat natija berish mumkinmi? Mastlikni aniqlash bo'yicha tibbiy hulosani korxona feldsheri berishi mumkinmi yoki faqatgina mahsus ma'lumotli vrachlar berishadimi? Men ishga qayta tiklasam bo'ladimi?

Oct 6, 2017 savol №71 Xurshid , г.


Kategoriya: Гражданское право 1

Eng yaxshi huquqshunoslar

Нозирбек Муминов
Huquqshunos, г. Toshkent
Profilni ko'rish
Азиза Ибрагимова
Huquqshunos, г. Toshkent
Profilni ko'rish
Hamdambek Atajanov
Huquqshunos, г. Toshkent
Profilni ko'rish
Махсуда Таджибаева
Huquqshunos, г.
Profilni ko'rish
Bepul savol berish
Savol berish